Bugun bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komissiyasining majlisida O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasini boshlash haqida e’lon qilindi.
Saylov okruglarini tuzish 15 maygacha, saylov uchastkalarini tuzish 25 maygacha belgilanmoqda. Bundan tashqari, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tuziladi.
Siyosiy partiyalar o‘z vakolatli vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun saylov kampaniyasi e’lon qilinganidan keyin 3 kun muddat ichida Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi. Saylovda ishtirok etish uchun partiyalar 15 maygacha hujjatlarni taqdim etishlari zarur. 17 may – 1 iyun oralig‘ida prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatiladi.
O‘zA