AQSH Prezidenti Jo Bayden Yaponiyaning Xirosima shahrida 19-21 may kunlari bo‘lib o‘tadigan “Katta yettilik” sammitida Amerikaning federal qarzi bo‘yicha defolt bo‘lishi mumkinligi vaziyatiga qaramay ishtirok etishini aytdi. Shu bilan birga, u mamlakatni tark etmasligi ehtimoli juda kam ekanini tan oldi.

Oq uy matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari Yaponiyaga borish taraddudini ko‘rmoqda.

Prezidentning o‘zi “G-7” sammitida qatnashish niyati borligini aniq aytdi.

“Defolt tufayli bormay qolish ehtimoli ham bor, agar muammo ijobiy hal qilingan taqdirda men, albatta, sammit ishida qatnashaman”.

Bayden kecha Oq uyda Kongress rahbarlari, jumladan, Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti va Senatdagi ozchiliklar yetakchisi Mitch Makkonnell bilan uchrashgan. Ular mamlakatda davlat qarzi chegarasini oshirishni muhokama qilganlar.

Prezident uchrashuvdan mamnun qolganini aytib, “biz uchrashuvlarni davom ettiramiz”, degan.

 

O‘zA