9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi va hamkor tashkilotlar tomonidan “Sharaf lentaci”ni ulashish aksiyasi o‘tkazildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi mutaxassislarining ta’kidlashicha, aksiya doirasida shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida, savdo majmualari, xiyobonlar, Xotira maydonlari, jamoat transportlari va boshqa hududlarida aholiga, haydovchi va yo‘lovchilarga sharaf lentalari tarqatildi. Shuningdek, bayram tadbirlari davomida urush va mehnat fronti faxriylari, yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA muxbiri