Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining tuman bosqichiga start berilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuoti xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning 19 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladi. Tanlovda respublika bo‘ylab 6 ming 885 ta maktab ro‘yxatdan o‘tgan.

Tanlovning birinchi (tuman) bosqichida maktab jamoalarining bilimlari A, B va S bo‘limlardan iborat bo‘lgan 3 yo‘nalishda: grammatika, o‘qib tushunish va lug‘at boyligi bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi.

Tuman (shahar) bosqichida umumiy natijalarga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktab g‘olib deb, topiladi hamda keyingi bosqich (viloyat bosqichi)ga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanadi.

Muhayyo Toshqorayeva,O‘zA