Bu haqda juma kuni rasmiy “Neytralnыy Turkmenistan” gazetasi xabar tarqatdi, deyiladi TASS xabarida. Xabar kuni kecha bo‘lib o‘tgan Davlat xavfsizlik kengashi majlisida ma’lum qilingani aytilmoqda.
Gazetaning yozishicha, Davlat xavfsizlik kengashi kotibi, mamlakat mudofaa vaziri Begench Gundo‘g‘diyev mamlakat qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga o‘quv mashqlariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida axborot bergan. Mashqlar qachon boshlanishi haqida aniqlik kiritilmagan.
Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston mudofaa harbiy doktrinasiga sodiqligini aytib, mashqlarga yuqori daraja tayyorgarlik ko‘rish zarurligini, bunda e’tiborni Milliy armiyaning barcha tuzilmalari faoliyatini vaqt talabiga mos ravishda tashkil etishga qaratish zarurligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, uning aytishicha, birinchi navbatda, harbiy sohada dunyoning ilg‘or tajribalarini o‘rganishga e’tibor qaratish lozim.
Mamlakat havo kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarning avvalgi harbiy-dala mashqlari o‘tgan yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan edi.