NATOning qurollarni nazorat qilish, qurolsizlanish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik bo‘yicha har yili bo‘lib o‘tadigan 18-konferensiyasi 17-20 aprel kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadi. Tadbirni Shimoliy Atlantika alyansi va AQSH davlat departamenti tashkil etmoqda, deyiladi NATO tarqatgan bayonotda.
Xabarda ta’kidlanishicha, tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenberg 18 aprel kuni konferensiya ishtirokchilariga o‘zining qutlov nutqini o‘qib eshittiradi.
Xabarda aytilishicha, konferensiya norasmiy sharoitda ommaviy qirg‘in qurollari xavfini muhokama qilish imkonini beradi. Mazkur xalqaro tadbir muntazam ravishda 50 ga yaqin mamlakatdan 150 dan ziyod ishtirokchini to‘playdi.
Bu galgi konferensiya ilk bor Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi, deyilmoqda xabarda.