AQSH ma’muriyati Alyaska shtatida keng ko‘lamli Alaska LNG loyihasi doirasida suyultirilgan tabiiy gazni boshqa mamlakatlarga eksport qilishni ma’qulladi, deb yozmoqda Reuters agentligi Amerika energetika vazirligi hujjatlariga tayanib.

Loyiha davlatga qarashli Alaska Gasline Development Corporation kompaniyasi ishtirokida amalga oshiriladi. Loyihaning qiymati taxminan 39 milliard dollarga baholanmoqda. U shtatning shimolidagi konlarni o‘zlashtirishni hamda 1,3 ming kilometr uzunlikdagi quvur tarmog‘ini qurishni ko‘zda tutadi.

Taxmin qilinishicha, gaz quvurini qurishga sakkiz yil ketadi, loyihadan foydalanish muddati esa 30 yilni tashkil etadi.

Gaz quvurini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda.