“Katta yettilik” davlatlarining atrof-muhit vazirlari foydali qazilmalarni yetkazib berishni barqarorlashtirish uchun harakatlar rejasini qabul qilmoqchi. Bu borada birinchi navbatda, akkumulyatorlar va elektr dvigatellari uchun komponentlar sifatida qo‘llaniladigan materiallar ko‘zda tutilmoqda, deb yozmoqda Yomiuri gazetasi.
Xabarda ta’kidlanishicha, reja G7 mamlakatlarining atrof-muhit vazirlari ishtirokida 15-16 aprel kunlari Sapporoda bo‘lib o‘tadigan muzokaralardan keyin qabul qilinadi.
Nashrning ma’lum qilishicha, bu yerda gap kobalt, litiy va nikel kabi foydali qazilmalar haqida bormoqda. Tomonlar tog‘-kon sanoatini rivojlantirishga 1 trillion iyena (7,54 milliard dollar) sarmoya jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, G7 vazirlari is gazining havoga tarqalishini pasaytirishga qaratilgan siyosatni davom ettirish masalasini ham muhokama etadi, deyiladi xabarda.