Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasining “diplomatik maqomga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyat” bilan shug‘ullanayotgan 15 nafar xodimni mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda respublika TIV rahbari Anniken Xyuitfeld ma’lum qildi.

“Rossiya Norvegiyada eng katta razvedka tahdidini keltirib chiqarmoqda. Buni jiddiy qabul qilgan holda, biz bugun Rossiya razvedkasining mamlakatimizdagi faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi qadam qo‘ymoqdamiz. Biz rus razvedkachilarining Norvegiyada diplomatik niqob ostida ishlashiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, dedi vazir.

TIV bayonotida ushbu razvedka xodimlarining faoliyati birmuncha vaqtdan beri kuzatilayotgani va ular tez orada mamlakatni tark etishi kerakligi aytilgan.

“Norvegiya boshqa razvedka xodimlariga kirish vizasini bermaydi”.

“Men Norvegiya Rossiya bilan normal diplomatik munosabatlarni davom ettirishni istashini va rossiyalik diplomatlarni qutlashimizni ta’kidlayman. Bizning harakatlarimiz faqat istalmagan razvedka faoliyatiga qarshi qaratilgan. Biz diplomatik missiya faoliyatini saqlab qolishni istaymiz, ammo diplomatik missiyaning suiiste’mol qilishini ma’qullay olmaymiz”, deb ta’kidladi Xyuitfeld.

O‘zA