Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an “may oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovining ikkinchi davrasi bo‘lishi mumkinmi”, –deb berilgan savolga javob berar ekan, “Turkiya xalqi ishni murakkablashtirmasdan oxiriga yetkazishiga” umid qilishini bildirdi. Turkiyada prezident va parlament saylovlari 14 may kuniga belgilangan.
“Xalq alyansi”dan ko‘rsatilgan yagona nomzod Kemal Qilichdoro‘g‘li Erdog‘anning asosiy raqibi hisoblanadi. Shuningdek, saylovda Mamlakat partiyasi yetakchisi Muharram Inje va Ata alyansidan Sinan Ogan ishtirok etmoqda. Agar nomzodlarning birortasi 50 foizdan ko‘p ovoz ololmasa 28 mayda saylovning ikkinchi davrasi bo‘lib o‘tadi.
“Eng avvalo, men xalqimiz ishni murakkablashtirmasdan, uni oxiriga yetkazishiga ishonaman. Men buni ularning Bog‘chilar va Pendikdagi qat’iyatida ko‘rdim”, – dedi Erdog‘an mahalliy telekanalga bergan intervyusida.