Washington Post gazetasi AQSH mudofaa vazirligining razvedka boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib shu xabarni tarqatdi.
“Barcha ko‘rib chiqilgan ssenariylarga ko‘ra, 2023 yilda mojaroni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar bo‘lishi dargumon”, – deyiladi tarmoqlarda paydo bo‘lgan maxfiy hujjatlarda.
Ta’kidlanishicha, mazkur baho “har ikki tomonning askarlari, qurollari va texnikalari soniga” qarab berilmoqda.
Shaxsini sir tutgan amerikalik mulozimning ta’kidlashicha, muzokaralarni qachon boshlash bo‘yicha qaror qabul qilish Vladimir Zelenskiy va Ukraina xalqiga bog‘liq.
Kiyev urush boshlangandan keyin muzokaralar o‘tkazilishiga qonun darajasida taqiq qo‘ygan. Vladimir Zelenskiy G20 sammitida ishtirok etib, hech qanday “Minska-3” bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.