Janubiy Koreya adolatli savdo komissiyasi (KFTC) Google korporatsiyasini 42,1 milliard von (31,9 million dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Bunga mazkur kompaniyaning mobil o‘yinlar bozorida raqobatni buzgani sabab bo‘ldi, deyiladi Yonhap agentligi tarqatgan xabarda.
2016 yil iyundan to 2018 yil aprel oyigacha Google raqobatchisi Janubiy Koreyaning One Store ilovalar do‘koni ahvolini yomonlashtirish uchun nashrlarga Google Play ilova do‘konida eksklyuziv o‘yinlarni chiqarish evaziga o‘yin ichida reklama joylashtirishni taqdim etib kelgan.
«One Store ilova do‘konida o‘yinlar chiqarilishini bloklab, AQSH korporatsiyasi innovatsiyalarga to‘sqinlik qilgan. Bu ilova do‘konlari iste’molchilariga va mobil o‘yinlar sohasiga zarar keltirgan», – deyiladi KFTC ayblov xulosasida.
Natijada ikki yil ichida Google ning Janubiy Koreya ilovalar do‘konlari orasidagi ulushi 80-85 foizdan 90-95 foizgacha oshgan, One Store ulushi esa 15-20 foizdan 5-10 foizgacha qisqargan.
Endi Amerika kompaniyasi ushbu qaror ustidan shikoyat qilishini ma’lum qilmoqda.