AQSH Prezidenti Jo Bayden josuslikda gumon qilinib, Rossiyada qo‘lga olingan “Wall Street Journal” jurnalisti Yevan Gershkovichning oila a’zolari bilan telefon orqali gaplashdi. Bu haqda muxbirning oilasi bayonotida aytiladi, deb xabar berdi “”TASS” agentligi.
“Prezidentning bugun bizga telefon qilganidan minnatdormiz. U AQSH hukumati Evanni tezroq uyiga qaytishi uchun barcha imkoniyatni ishga solayotganiga ishontirdi”, deyiladi xabarda.
Prezident, shuningdek, Gershkovichning noqonuniy ushlab turilishi to‘g‘risida Davlat departamenti chiqargan qarorni ma’qullab gapirdi.
“Biz sodir bo‘layotgan voqealar mutlaqo noqonuniy ekanligini ochiq aytmoqdamiz. Biz bu haqda e’lon qildik va bu vaziyatni o‘zgartiradi”, deb bayonot berdi Bayden.
Avvalroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati Gershkovichning ozod etilishini ta’minlash bo‘yicha turli idoralar bilan munozaralar olib borilayotgani haqida ma’lumot bergan edi.
O‘zA