Belarus Rossiyadan to‘liq xavfsizlik kafolatiga muhtoj. Bu haqda Prezident Aleksandr Lukashenko Minskda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar berdi BelTA.
Davlat rahbari ta’kidlashicha, G‘arb davlatlari Budapesht memorandumi doirasida yadroviy qurollarni olib chiqish evaziga berilgan xavfsizlik kafolati haqidagi kelishuvga amal qilmayapti, hatto, mazkur hujjatni oyoq osti qilmoqda. Ayni holat iqtisodiy xavfsizlikka ham tegishli.
— Shuning uchun men bu masalani Rossiya Prezidenti bilan muzokarada ko‘tardim, – dedi Lukashenko. – U fikrimni har tomonlama qo‘llab-quvvatladi. Belarus xavfsizligini to‘liq ta’minlash uchun hozir davlatlararo xususiyatga ega normativ-huquqiy hujjat qabul qilish kerak. Buning uchun davlatlarimiz o‘rtasidagi barcha shartnoma, kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqish lozim. Agar tajovuz sodir bo‘lsa, RF Belarusni o‘z hududi singari himoya qiladi. Bizga qardosh Rossiyadan to‘liq xavfsizlik kafolati kerak.
O‘zA