Ma’lumki, joriy yilning 2 aprelidagi kuchli yog‘ingarchilik sababli poytaxtdagi bir necha ko‘chalarda suv to‘planishi kuzatilgan edi.

Toshkent shahar hokimi v.b Shavkat Umurzoqov tomonidan joriy yil 7 aprelda imzolangan tegishli qarorga ko‘ra, Toshkent shahri kanalizatsiya va drenaj tizimini ta’mirlash, yangi beton lotoklar yotqizish uchun poytaxt byudjetining zaxira fondidan 700 million so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi.

Bu chora-tadbirlar yomg‘ir paytida suv toshqini oldini olish uchun amalga oshiriladi.

O‘zA