“TurkicWorld” portali Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, 6 aprel kuni Eronning Ozarbayjondagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Abbos Musaviy TIVga chaqirtirilgan.

Uchrashuvda elchiga Eronning Ozarbayjonga qarshi provokatsion faoliyatidan keskin noroziligi bildirilgan.

Elchiga Eron elchixonasining to‘rt nafar xodimi diplomatik maqomga to‘g‘ri kelmaydigan hamda 1961 yildagi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga zid bo‘lgan faoliyati uchun Ozarbayjon hukumati tomonidan persona non-grata (nomaqbul shaxslar), deb e’lon qilingani ma’lum qilindi.

Bu shaxslar 48 soat ichida Ozarbayjon hududini tark etishi kerak, deyiladi TIV xabarida.

O‘zA