BAA media institutlari yetakchilari 3000 dan ziyod delegat – amaldorlar, arab dunyosi va boshqa mamlakatlardan soha mutasaddilari, aql markazlari vakillari, tadbirkorlar, innovatorlar ishtirokida Arab Media forumining sakkizinchi sessiyasini o‘tkazadi. Bu haqda “WAM” axborot agentligi xabar berdi.
Mahalliy media sektori, jumladan, televideniye va radio, kundalik gazeta va nashrlar, shuningdek, turli raqamli platformalarni birlashtiruvchi mazkur anjumanda asosiy tadbirlardan tashqari sho‘’ba yig‘ilishlari, so‘nggi tendensiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan kichik sessiyalar ham bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar ixtisoslashgan ma’ruzachilar, ekspertlar yordamida ommaviy axborot vositalari sohasidagi eng dolzarb masalalar va mavzularni muhokama qiladilar.
Muharrama Pirmatova, O‘zA