Xabarda keltirilishicha, Kanadaning Kvebek va Ontario provinsiyalarida qattiq shamol bo‘lgani bois yomg‘ir muzga aylangan.

Mamlakatning ushbu hudud elektr tarmoqlari kompaniyasi saytida shu haqda xabar tarqatilgani aytilmoqda.

Kvebekda 865 mingdan ziyod iste’molchi chiroqsiz qolgan bo‘lsa, Monreal shahri va uning atrofida 400 mingdan ortiq iste’molchi qachon elektr ta’minoti tiklanishini kutmoqda. Shuningdek, Ontario, jumladan, Ottavada ham 130 dan ortiq uy xo‘jaliklari elektr ta’minotidan uzilib qolgan. Hozirda yog‘ingarchiliklar to‘xtagan, deyiladi xabarda.

Ob-havoning noqulayligi Monreal va Ottava xalqaro aeroportlari faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Xabarda aytilishicha, chorshanba kuni kechqurun qariyb  barcha qatnovlar bekor qilingan yoki noma’lum muddatga qoldirilgan.