O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash hamda qo‘llab-quvatlash maqsadida futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy Davlat xavfsizlik xizmati kubogi start olganini e’lon qiladi.
Turnirning yangiligi bu yil mini-futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida ham musobaqalar o‘tkaziladi.
1 – bosqich. Tuman saralash musobaqalari joriy yilning aprel-may oylarida;
2 – bosqich. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari iyun-iyul oylarida;
3 – bosqich. Respublika bo‘yicha final musobaqalari avgust oyida o‘tkaziladi.
16 – 30 yoshgacha bo‘lgan futbolga ishtiyoqmand yoshlar musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin.
Musobaqalar 10 apreldan boshlanadi.
Hamkorimiz – O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi.
O‘zA