Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Xitoy rahbari Si Szinpinga Ukraina mojarosini hal qilishda Pekin vositachiligiga umid qilishini aytdi. Bu haqda “France-Presse” agentligi xabar berdi.

“Men bilaman, Siz barcha tomonlarni muzokaralar stoliga olib kelish qudratiga egasiz”, dedi Makron Szinpinga uchrashuv chog‘ida.

Makron chorshanba kuni Xitoyga keldi. Fransiya davlat rahbari so‘nggi bor bu mamlakatga  2019 yil kuzida tashrif buyurgan edi.

Fransiya yetakchisi Pekinda Ukraina mojarosi va ikki tomonlama Franko-Xitoy munosabatlarini, birinchi navbatda, iqtisodiy sohada rivojlantirishni muhokama qilishni rejalagan.

O‘zA