Turkiya poytaxti Anqara shahrida uch yillik tanaffusdan so‘ng qayta tashkil etilgan 37-Xalqaro musiqa festivali boshlandi, deb xabar berdi “Anadolu”.

Nashr yozishicha, fevral oyida ro‘y bergan zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlagan mazkur anjuman doirasida 17 ta konsert tashkil etiladi. Dasturlarda 13 mamlakatdan kelgan musiqiy guruhlar – jami 355 nafarga yaqin musiqachi chiqish qiladi.

Festival 28 aprelgacha davom etadi.

G.Abdullayeva, O‘zA