NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg yozda bo‘lib o‘tadigan sammitda alyans Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish masalasini muhokama qiladimi, degan savolni javobsiz qoldirdi. U bu borada batafsil suhbat faqat Ukrainaning suveren millat sifatida saqlanib qolganidan keyin bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

“NATOning Ukraina bo‘yicha tutgan pozitsiyasi o‘zgarmasdir, u alyans a’zosi bo‘ladi, bu haqda sammitlarda ko‘p bor aytilgan. Biroq biz ushbu masalada batafsil muloqotlar boshlanishi uchun, birinchi navbatda  Ukraina mustaqil mamlakat sifatida saqlanishi kerak. Shu bois NATO Ukrainaga kutilmagan darajada ko‘p yordam ko‘rsatmoqda va qo‘llab-quvvatlashni kelgusida ham davom ettiradi”, – dedi Stoltenberg.

U kuni kecha alyansning Bryusseldagi qarorgohida   Ukraina – NATO komissiyasi  majlisi yakunlari bo‘yicha chiqish qilganida shu haqda gapirgani aytilmoqda.