Kecha, 4 aprel kuni Nyu-Yorkda AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning shov-shuvli ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

«TASS» xabariga ko‘ra, Trampga ayblov e’lon qilish uchun prokurorning xizmat xonasida taxminan ikki soat qolib ketgan, odatda bunday rasmiy bildiruv yarim soatdan oshmasdi. Sobiq davlat rahbarining qo‘liga kishan solinmagan.

Sudda Trampga navbatdagi jinoyatni sodir etish maqsadida birinchi darajali biznes hujjatlarini soxtalashtirishda 34 ta ayblov qo‘yildi. Amerikada  bu harakatlar jinoyat, deb tasniflanadi.

Ayblov e’lon qilingach, sobiq yetakchi uni tan olmasligini bildirdi.

Shu bilan birinchi sud majlisi tugaydi va Nyu-Yorkni tark etib, Floridadagi o‘z qarorgohiga yetib bordi.

Ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 4 dekabrga belgilandi.

Avvalroq Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati Trampga nisbatan 2016 yilgi prezidentlik saylovlarining halol o‘tishiga rahna solish maqsadida fitnada ishtirok etgani, pornoaktrisa Stormi Deniyelsga 130 ming dollar to‘lash firibgarlik ayblovini qo‘yish uchun ovoz bergani xabar qilingandi.

«FoxNews» telekanalining xabariga ko‘ra, Tramp 136 yilga qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligi haqida aytgan.

 

O‘zA