AQSHning qat’iylashtirilgan manetar siyosati boshqa mamlakatlarni dollardan voz kechishga majbur qilmoqda, deb yozdi amerikalik taniqli tadbirkor va milliarder Ilon Mask o‘zining ijtimoiy sahifasida.

“AQSH siyosati haddan ziyod qattiq, shu bois boshqa mamlakatlar dollardan voz kechmoqda” – dedi u.  

Mask ushbu fikrini moliyaviy tahlilchi Jenevev Rosh-Dektening Dollar zaxira valyuta maqomini yo‘qotayotgani haqidagi yozganlariga javob sifatida aytgan.

Chorshanba kuni Braziliya va Xitoy dollarni ishlatmasdan hisob-kitobni amalga oshirishni ta’minlaydigan hamda milliy valyutada kreditni amalga oshiradigan kliring palatalarini tashkil qilishga kelishib oldi. Bunday yo‘l tutilishi ikki mamlakat o‘rtasida to‘lovlarni arzonlashtiradi va ikki mamlakat munosabatlarining dollarga qaramlikdan qutilish imkonini beradi.

AQSH Federal zaxira tizimi inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida  o‘tgan yildan buyon hisob stavkalarni ketma-ket  oshirib kelmoqda.