Imzolangan yangi kelishuv yuan va real almashinuvi orqali savdo va moliyaviy amaliyotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aksincha, milliy valyutalarni AQSH dollariga konvertatsiya qilish zaruratisiz amalga oshirish imkonini beradi, deb yozadi “The National”.

Ekspertlar bunday kelishuv xarajatni qisqartirish, ikki tomonlama savdoni kengaytirish va investitsiyani yengillashtirishga xizmat qilishini ta’kidlagan. Xitoy Braziliyaning yirik savdo sherigidir. O‘tgan yil o‘zaro savdo miqdori rekord darajaga chiqib, 150,5 milliard dollarni tashkil etdi.

Yanvar oyidagi dastlabki kelishuvdan so‘ng tuzilgan bitim haqida Pekinda bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi Xitoy – Braziliya biznes forumida e’lon qilindi. Xitoy Rossiya, Pokiston va yana bir necha davlat bilan shunga o‘xshash valyuta shartnomasiga ega.

O‘zA