Ukraina muhim infratuzilmani favqulodda tiklash uchun Yaponiyadan 400 million dollar oladi, deb xabar qildi mamlakat infratuzilma vazirligi.

Ushbu mablag‘ga restavratsiya uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va xizmatlar xarid qilish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.   

Xabardan ma’lum bo‘lishicha, Yaponiya hukumati ham BMT Taraqqiyot dasturi mexanizmi orqali Ukrainani tiklash uchun grant yordami sifatida 70 million dollar ajratadi.

Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakovning so‘zlariga ko‘ra, faqat shu yil boshidan beri Ukraina va Yaponiya mamlakatni tiklash uchun 650 million dollardan ortiq mablag‘ ajratishga kelishib olgan.

 

O‘zA