Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida qirqdan ortiq bola noma’lum moddadan zaharlandi, ulardan 18 nafari kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 43 nafar bola zaharlanish bilan kasalxonaga yetkazilgan. Dastlabki tashxis – noma’lum modda bilan zaharlanish.
“O‘sh bolalar shifoxonasiga yetkazilgan 43 nafar bolaning 18 nafari shifoxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli qoniqarli. Hozirda maslahatlashuvlar olib borilmoqda. Unda bolalarni kasalxonada qoldirish yoki ambulator davolanishga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Barcha jabrlanganlarning nimadan zaharlanganini aniqlash uchun qon tahlili olindi”, – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
O‘zA