Ukraina armiyasining qarshi hujumi bir necha yo‘nalishda amalga oshiriladi, dedi Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov ERR nashriga intervyu berganda.

“Qarshi hujum bir nechta yo‘nalish bo‘yicha rejalashtirilmoqda. Bu qaysi vaqt eng qulay bo‘lishiga bog‘liq, buni bosh qo‘mondonlik hal qiladi. Shuningdek, ob-havo sharoitiga ham qaraladi. Bahorda bizning zaminimiz juda nam bo‘ladi. O‘ylashimcha, aprel-may oylari qarshi hujumga o‘tamiz”, – deya ta’kidlagan u.

Reznikovning ma’lum qilishicha, qarshi hujumda Ukrainaga yetkazilgan nemis tanklari ham ishtirok etadi.