Qozog‘iston parlamenti Majilisi (quyi palata) deputatlari bugun respublikaning eng yirik partiyasi “Amanat” fraksiyasi rahbari va partiya raisi Yerlan Koshanovni qonun chiqaruvchi organ spikeri lavozimiga sayladilar. “Kazinform” agentligiing xabariga ko‘ra, parlamentda bu haqda tegishli qaror qabul qilingan.

Koshanov nomzodi uchun deputatlarning 98 nafari “yoqlab” ovoz berdi, qarshi ovoz berganlar bo‘lmadi.

“Yashirin ovoz berish natijasida Yerlan Koshanov parlament raisi etib saylandi”, deya ma’lum qildi quyi palataning Sanoq komissiyasi rahbari Janarbek Ashimjanov.

60 yoshli Koshanov so‘nggi chaqiriq parlament spikeri lavozimida ishlagan. U 2022 yil 1 fevralda qonun chiqaruvchi organning sobiq raisi Nurlan Nigmatulinning o‘z lavozimini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi ariza berganidan keyin spiker etib saylangan edi.

Bungacha Koshanov Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati rahbari lavozimida ishlagan.

Bugun parlamentning yangi chaqiriq deputatlari Albert Rau va Daniya Yespayevalarni palata raisi o‘rinbosarlari etib saylashdi.

O‘zA