O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni okrug raisi Abdulla Mag‘rupov olib bordi.

Dastlab okrug komissiyasi a’zolariga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan a’zolik guvohnomalari topshirildi. Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala – O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar saylov okrugi hududi bo‘yicha referendum uchastkalarining joylashuvi yuzasidan 12 ta tuman hokimlarining taqdimnomalari ma’lumot uchun qabul qilindi.

Muhokamalardan keyin Toshkent shahar referendum okrugi hududida 823 ta referendum uchastkalari tuzilgani haqida qaror qabul qilindi.

Yig‘ilish yakunida amalga oshiriladigan ishlar va rejalar xususida batafsil to‘xtalib, okrug a’zolariga vazifalar taqsimlandi.

O‘zA