BMT Bolalar jamg‘armasi – YUNISEF xulosasiga ko‘ra, Afrikada vabo shiddat bilan avj olmoqda, vaziyat xavotirli.
Tuzilma mutasaddilari aniqlik kiritishicha, epidemiya qit’aning sharqiy va janubiy mamlakatlarida tez tarqalyapti. Yuzaga kelgan hola, ayniqsa, bolalar uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Xabarda epidemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar sifatida Burundi, Efiopiya, Keniya, Malavi, Mozambik, Somali, Janubiy Sudan va Tanzaniya keltirilgan.
Vabo qashshoqlik va mojaro, shuningdek, suv toshqini, dovul kabi ofatlar tufayli yanada tez urchimoqda, deyiladi YUNICYeF hisobotida.
Ma’lumotda ushbu xastalik vibrio bakteriyasidan kelib chiqqani, oziq-ovqat va suv orqali yuqishi qayd etilgan. Bunda bemor og‘ir diareyaga uchrab, suvsizlanish holatini boshidan kechiradi. Chora ko‘rilmasa, kasallik o‘limga olib keladi. Toza suvga ehtiyojni qondirmaslik, vaqtida va samarali davolanish imkoni yo‘qligi infeksiya tez tarqalishi va o‘lim xavfi ehtimolini oshiradi.
O‘zA