Karl III bugun Germaniyaga uch kunlik tashrifini boshlaydi, bu uning o‘tgan yilning sentyabrida taxtga chiqqanidan keyin birinchi xorijga safari bo‘ladi. Davlat rahbarining rasmiy qarorgohi – Bukingem saroyidan ma’lum qilishlaricha, safarda unga Qirolicha konsorti Kamilla hamrohlik qiladi.
Karl III Ikkinchi jahon urushidan keyin Berlinda harbiy sharaf bilan qabul qilingan va Bundestagda nutq so‘zlagan birinchi Britaniya monarxi bo‘lib tarixga kiradi.
Bukingem saroyida ta’kidlanganidek, “tashrif Buyuk Britaniyaning Germaniya bilan munosabatlariga hurmat bajo keltirish, ikki mamlakatning umumiy tarixi, madaniyati va qadriyatlarini ta’kidlash” uchun mo‘ljallangan.
Safar “uzoq muddatli hamkorlik va murosa merosiga olib kelgan umumiy o‘tmishdagi qurbonliklar va muammolar haqida fikr yuritish” imkonini beradi, deyiladi saroy xabarida.
Qirol va Qirolicha sharafiga Berlin aeroportida zambaraklardan 21 marta o‘q uziladi.
O‘zA