Qozog‘istonning eng yirik partiyasi “Amanat” 19 mart kuni bo‘lib o‘tgan Majilis (parlament quyi palatasi) saylovlari natijalariga ko‘ra, partiya ro‘yxatlari va bir mandatli ovoz berishda yangi qonun chiqaruvchi organdagi 98 o‘rindan 62 tasini egallaydi. Bu haqda Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Konstantin Petrov ma’lum qildi.

Parlament quyi palatasiga muddatidan oldin aralash saylov tizimi asosida o‘tkazildi: deputatlarning 70 foizi (69 kishi) partiya ro‘yxati bo‘yicha, 30 foizi (29 nafar) bir mandatli saylov okruglaridan saylandi.

Majilisga saylovlar natijasida “Amanat” partiyasi 53,9 foiz (partiya ro‘yxati bo‘yicha 40 o‘rin), Qozog‘iston xalq partiyasi 6,8 (besh o‘rin), “Ak jol” – 8,41 foiz (olti o‘rin), Xalq demokratik vatanparvar partiyasi “Auil” – 10,9 foiz (sakkiz o‘rin), “Respublika” partiyasi – 6,59 foiz (olti o‘rin) va muxolifatdagi Milliy sotsial-demokratik partiya – 5,2 foiz (to‘rtta o‘rin) olishga muvaffaq bo‘ldi.

“Yashil”larning “Baytak” partiyasi saylovchilarning 2,3 foiz ovozini olib, parlamentga kira olmadi.

Saylovchilarning 3,9 foizi saylov byulletenining “barchaga qarshi” bandini tanlashgan.

Saylovchilarning 54,21 foizi saylovlarda qatnashgan.

Qozog‘istonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, yangi parlament shakllanishi munosabati bilan respublika hukumati iste’foga chiqishi kerak.

 

O‘zA