28-31 mart kunlari Xitoyning Xaynan provinsiyasida 22-an’anaviy Boao Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi.

Qirqqa yaqin davlat vakillari ishtirok etishi kutilayotgan mazkur yirik tadbir doirasida erkin savdo portlarini rivojlantirish global forumi ham o‘tkaziladi.

“Uglerod chiqindisi nolga teng bo‘lgan Boao namoyish hududi barpo etilishi g‘oyasi navbatdagi forumning o‘ziga xosligini namoyon etadi”, – deb yozdi “CGTN” nashri. Anjumanga taqdim etilgan 16 loyiha havoga karbonat angidrid gazi ajralib chiqishini yiliga 9 ming tonna kamaytirish imkonini beradi.

Yana bir e’tiborli jihat: tadbir davomida barcha bino va ob’ektlar, transport vositalari qayta tiklanuvchi manbalardan olingan energiya yordamida ishlaydi.

G.Abdullayeva,

O‘zA