Rossiyaning Moskva shahrida o‘tkazilgan «Sambo asoschilari kubogi»da mamlakatimiz sportchilari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ikki kun davomida o‘tkazilgan musobaqada 10 ga yaqin davlatning sportchilari bahs olib bordi. Shiddatli kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada terma jamoamiz a’zolaridan Dilshod Yo‘ldoshev oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Sardor Olimjonov va Furqat Ro‘ziyev kumush, Shoxjahon Temirov, Farog‘at Nurmamatova, Madina Salohiddinova hamda Lutfulla Saydamatov bronza medaliga ega chiqdi.

 

O‘zA