21 mart holatiga ko‘ra, 16 martda boshlangan Turkmaniston parlamentiga saylovning muddatidan oldin ovoz berish tartibiga ko‘ra, saylovchilarning 1.82 foizi o‘z huquqidan foydalanib bo‘ldi. Bu haqda 23 mart kuni Respublika saylov va referendum o‘tkazish bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Turkmanistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsulliklarida tashkil etilgan 42 ta saylov uchastkasida 13 ming 078 nafar fuqaro ovoz berishi kutilyapti. Muddatidan oldin ovoz berish har kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 18:00 gacha bo‘lib o‘tadi va 25 martgacha davom etadi.
Mamlakatda jami 3 million 496 ming 475 saylovchi ro‘yxatga olingan. Turkmaniston parlamentiga saylov 26 martga belgilangan.
O‘zA