Moldova parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan konstitutsiya matni, barcha qonunlar va qonunosti hujjatlarida “moldova tili” so‘zini “rumin tili” so‘ziga rasmiy ravishda almashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi.
Kecha hukmron Harakat va birdamlik partiyasi tomonidan taklif etilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda mamlakat parlamenti matbuot xizmati xabar berdi. Shu bilan birga, kommunistlar va sotsialistlarning muxolifat fraksiyasi qonun loyihasiga qarshi chiqishgan edi.
Sessiya ishida hukmron partiya va hukumatga qarshi plakatlar ko‘tarishdi. Shunga qaramay muxolifat loyiha bo‘yicha ovoz berishni kun tartibidan chiqara olmadi. 2013 yilda Moldova Konstitutsiyaviy sudi rumin tilini davlat tili, deb olish to‘g‘risida qaror chiqargan edi.
“Qaror yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas”, deyilgandi. Ammo u ijrosiz qolib kelayotgan edi. Davlat tili to‘g‘risidagi bahslar mamlakat mustaqillikni qo‘lga kiritgandan beri uzluksiz davom etib kelayotgan edi.
“Barchani tabriklaymiz. Bunday qaror qabul qilish biroz kechikdi, oxiri uni qo‘lga kiritdik”, Moldova parlamenti spikeri Igor Grosu so‘zlaridan iqtibos keltirdi “NewsMaker” nashri.
O‘zA