Jahon bozorida neft narxining tushishi tezlashmoqda. Masalan, Brent markali qora oltinning bir barreli 1,6 foiz yo‘qotgan va o‘tgan yilning 12 dekabridan buyon ilk bor 76 dollardan ham pastlagan. WTI markasi narxi esa 2021 yil 21 dekabrdan buyon ilk bor 70 dollargacha tushdi.
Savdo ma’lumotlarida keltirilishicha, chorshanba kuni Xalqaro energetika agentligi har oygi ma’ruzasini e’lon qilgan. Unda OPEK+ mamlakatlari fevral oyida kunlik neft qazib olish ko‘rsatkichini 160 ming barrelgacha oshirgani aytiladi.
Bundan tashqari, agentlikning prognoziga ko‘ra, joriy yilda dunyo bo‘yicha qazib olinadigan neftning kunlik ko‘rsatkichi 101,6 million barrelni tashkil etishi mumkin.