Don shartnomasini uzaytirish bo‘yicha maslahatlashuvlar davom etmoqda. Bu haqda BMTning Jenevadagi vakolatxonasi matbuot xizmati rahbari Alessandra Veluchchi “Anadolu”ga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT g‘alla bo‘yicha kelishuvning amal qilishi va “qadoqlanishi”ni saqlab qolish masalasi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rishga tayyor.

Bu masala bo‘yicha allaqachon aytilgan bayonotlarga qo‘shimcha qilishning hozircha imkoni yo‘q, dedi Veluchchi.

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko avvalroq don bo‘yicha kelishuv 60 kunga uzaytirilganini aytgan edi.

Shu bilan birga, Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Turkiya va BMT vositachiligida 2022 yil 22-iyulda tuzilgan Qora dengiz don tashabbusi doirasida portlardan 24 million tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinganini ma’lum qildi.

 

O‘zA