2022 yil yakunlari bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasiga kirib kelgan xorijiy investitsiya hajmi 2021 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 4 foizga o‘sgan va 1 milliard 46,1 million AQSH dollarini tashkil etgan, deb yozmoqda «Kazinform» agentligi Qirg‘iziston Respublikasi milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga tayanib.

Xabarda keltirilishicha, xorijiy investitsiyalarning 95 foizidan ko‘pi foydali qazilmalarni qazib olish bilan shug‘ullanayotgan korxonalar,  qayta ishlash, moliyaviy vositachilik va sug‘urta, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, axbort va aloqa sohalariga to‘g‘ri kelgan.

Xorijiy investitsiyalarning ko‘payishiga Koreya Respublikasi investitsiyalari  18,1 barobarga, Kuvayt 15,4 barobarga, Yaponiya 11,1 barobarga, BAA 5 barobarga, Germaniya 2,6 barobarga, Turkiya 1,4 barobarga oshirgani sabab bo‘lgan.

Turkiya Qirg‘iziston iqtisodiyotiga eng ko‘p sarmoya jalb qilgan davlat bo‘ldi (30,7 foiz). Undan keyingi o‘rinlarni  Xitoy (26,3 foiz), Niderlandiya (5,9 foiz) va Buyuk Britaniya (2,8foiz) egalladi, deyiladi xabarda.