Dunyoga mashhur kinorejissyor Jeyms Kemeronning “Avatar: Suv yo‘li” kartinasi yakshanba kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan 95- mukofotlash marosimida maxsus effektlar yo‘nalishida “Oskar”ni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yo‘nalishda g‘olib kartina bilan “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”, “Qora Qoplon: Vakanda asrlar osha”, “Betmen” va “Top Gan: Meverik” kinofilmlari raqobatlashdi.
“Avatar: Suv yo‘li” performance capture texnologiyasidan foydalangan holda suratga olingan, natijada aktyorlar ekranning o‘zida noma’lum maxluqlarga aylanib qoladi. Rejissyor ushbu texnologiyani ilk bor suv ostida suratga olish jarayonida qo‘llagan.
Mazkur filmning byudjeti 250 million dollardan oshadi, kassa yig‘imi esa 2 milliard dollarlik marradan o‘tdi.