Xitoy Raisi Si Szinpin Fors ko‘rfazi davlatlari va Eronni bu yil Pekinda sammit o‘tkazishga taklif qildi. Bu haqda “The Wall Street Journal” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Gazetaning yozishicha, bunday taklifni Xitoy rahbari 2022 yilning dekabrida Riyodda bo‘lib o‘tgan Arab-Xitoy sammiti ishida bildirgan edi. Eron rasmiylari vakillari “bir necha kundan keyin” bunday uchrashuvda ishtirok etishga rozi bo‘lgan edilar.

Nashr xabarida, Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi mamlakatlari – Bahrayn, Quvayt, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari va Eron o‘rtasida ilk marta sammit o‘tishi to‘g‘risida xabar berilmoqda, u shu yilning o‘zida o‘tkazilishi aniq, deyiladi.

O‘tgan hafta Pekinda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Eron va Saudiya Arabistoni diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib olgan edilar. Tehron va Riyod suverenitet va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga sodiq ekanini, savdo, iqtisodiyot, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni tiklashga kelishib olganliklari qayd etilgan edi.

 

O‘zA