Turkiya Oliy saylov kengashi 14 mayda bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovda qatnashishi mumkin bo‘lgan 36 siyosiy partiya ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Kengash shu kuni jarayon soat 08.00 da boshlanib, 17.00 da yakunlanishi haqida qaror qabul qildi.
An’anaga ko‘ra, oxirgi saylov uchastkasi yopilgach, ovoz sanay boshlanadi va har bir bayonot ko‘rib chiqish uchun Kengashga taqdim etiladi.
Qayta ishlangan byulletenlar to‘g‘risidagi ma’lumot real vaqt tartibida ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boriladi.
Darvoqe, prezidentlikka nomzodlar va parlament tarkibi bo‘yicha ovoz berish 14 may kuni birga o‘tkaziladi. Birinchi turda davlat rahbarligi uchun hech bir nomzod 50 foizdan ko‘p ovoz ololmasa, ikkinchi bosqich 28 may kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zA