Li Syan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining yangi Bosh vaziri etib saylandi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Xitoy xalq vakillari kengashi sessiyasining 2936 nafar delegati Li Syan nomzodini qo‘llab-quvvatladi, 3 kishi qarshi ovoz berdi, sakkiz nafar delegat betaraf qoldi.
Nomzodni sessiya ishtirokchilariga Xitoy Raisi Si Szinpin taqdim etdi.
So‘nggi o‘n yil davomida Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilgan Li Syan mazkur lavozimda Li Ketsyan o‘rnini egalladi.
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vazirining vakolat muddati besh yil etib belgilagan. Unda qayta saylanish imkoniyati ham bor.
O‘zA