Qirg‘izistonning Ozarbayjondagi elchixonasi tashabbusi bilan Xalqaro Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi tomonidan nashr etilgan ozarbayjonlik mashhur manasshunos olim, shoir, tarjimon Odil Jalilning “Manas dostoni va turkiy doston an’anasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda “Kabar” axborot agentligi ma’lum qildi.

Jamg‘arma rahbari Gunay Efendiyeva asarni e’tirof etarkan, qirg‘iz xalqining boyligi “Manas” YUNESKO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgani, shu bilan birga dunyodagi eng katta doston sifatida Ginnes rekordlar kitobidan o‘rin olganiga to‘xtaldi.

Tadbir qatnashchilari ushbu kitobning nashr etilishi cheksiz Manas olamini bilish yo‘lidagi navbatdagi qadam ekanini ta’kidladilar. Asar nafaqat qirg‘iz xalqi, balki jami turkiy dunyo xazinasi, butun insoniyat madaniy merosi sifatida tan olinishi urg‘ulandi.

Doktor Odil Jalil “Manas” dostonini va umuman, turkiy xalqlar epik ijodini mukammal o‘rgangani, bu yondashuv turkiy madaniyatning yanada integratsiyalashuvi yo‘lidagi yuksalish ekani olqishlandi.

Ta’kidlanganidek, Chingiz Aytmatov iborasi bilan aytganda, “Manas” dostonini og‘izdan og‘izga, avloddan-avlodga o‘tkazib kelayotgan manaschilar bor bo‘lsin!”

Muharrama Pirmatova, O‘zA