Konstitutsiya loyihasida 18 milliondan ortiq yoshlarimiz masalasiga ham e’tibor berilib, ularning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati ekani belgilanmoqda. Bosh qomusimizda yoshlar uchun alohida bob ajratilmoqda.

Ota-onalarning farzandlari voyaga yetguniga qadar nafaqat boqish va tarbiyalash, balki ularning ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi uchun g‘amxo‘rlik qilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, yoshlarni himoya qilish, ularning huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish davlatning majburiyati sifatida belgilanmoqda. Bu esa yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish va hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun ulkan imkoniyat yaratadi.

O‘zA