O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jurnalist ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ijodiy salohiyatini namoyon qilishiga ko‘maklashish, erishgan yutuqlarini e’tirof etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida e’lon qilingan «Atirgul» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.
Quvonarlisi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi jurnalisti Shahnoza Mamaturopova «Inson qadrini ulug‘lashga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
Barcha g‘oliblarga “Atirgul” tanlovi statuetkasi va pul mukofoti berildi.
O‘zA