O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2023 yilning 1 martidan boshlab 2023 yil 31 dekabrga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan yakuniy istemolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘i “nol” stavkaga tushiriladi.

Eng xaridorgir bo‘lib turgan AI-80 rusumli benzin narxi yil oxirigacha o‘zgarmaydi.

O‘zA