Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston Ukrainaga harbiy texnikalar jo‘natayotgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatdan yiroq, dedi dushanba kuni Qozog‘iston mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda temir yo‘l orqali zirhli texnikalar va yuk mashinalar olib ketilayotgani tasvirlangan video paydo bo‘lgan edi. Xabarni tarqatgan mualliflarning ta’kidlashicha, video Olma-otada yozib olingan va g‘arb jamg‘armalari tomonidan puli to‘langan ushbu texnikalar Ukrainaga jo‘natilayotgan bo‘lgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan go‘yo Qozog‘istondan harbiy texnikalar Ukrainaga jo‘natilayotgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatdan yiroq. Video arxiv material bo‘lib, zirhli texnikalar rejali ta’mirlashga jo‘natilayotgani tasvirlangan, hozirgi paytda harbiy texnikalar omborda saqlanmoqda”, – deyiladi xabarda.
Vazirlikning eslatishicha, 2022 yil 27 avgustdan buyon Qozog‘istonda qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar eksportiga taqiq qo‘yilgan, deb yozmoqda TASS agentligi.