Fransiyaning Psixomotor reabilitatsiya oliy instituti bosh direktori hamda bosh menejeri Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida oliy ta’lim muassasalarining faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ilmiy hamda psixomotor reabilitatsiya xizmatlari sohalarida hamkorlik o‘rnatish hamda anglashuv memorandumini imzolashga kelishildi.

Shuningdek, mehmonlar eng so‘nggi rusumdagi tibbiyot jihozlari bilan ta’minlangan o‘quv laboratoriyalari, amaliyot xonalari, axborot resurs markazi va universitet tarixini aks ettiruvchi muzey bilan tanishib, oliygoh faoliyatini yuqori baholadi.

O‘zA